Patrul-post xizmati xodimi uchun har bir kun – tayyorgarlik, masʼuliyat va tezkor qaror qabul qilishni talab etadigan sinov. Jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda esa xodimning bilimi, jismoniy va jangovar tayyorgarligi muhim ahamiyat kasb etadi. Jizzax viloyatining zomin tumanida oʻtkazilgan respublika miqyosidagi koʻrik-tanlovda ana shu mezonlar asosida yurtimizning turli hududlaridan saralab olingan eng munosib xodimlar oʻz kasbiy mahoratini namoyish etdi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77014
1.67K