📌 Markaziy depozitariy 2030-yilgacha Rivojlanish strategiyasini tasdiqladi
O‘zbekiston Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (MD) «Markaziy depozitariy — 2030» strategiyasini taqdim etdi — bu depozitariyni yagona, ishonchli va xalqaro standartlarga mos kapital bozori infratuzilmasiga aylantirish yo‘l xaritasidir.
📍 Hujjat oltita yo‘nalishni qamrab oladi:
• raqamlashtirish va yangi texnologiyalar;
• chet el valutasida hisob-kitoblar;
• risklarni boshqarish (PFMI, ISO);
• normativ baza;
• kommunikatsiyalar;
• korporativ boshqaruv.
🌐 2030-yilga kelib MD xalqaro depozitariylar — Clearstream va Euroclear bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishni hamda chet el valutasida hisob-kitoblarni ta’minlashni rejalashtirmoqda.
Bu mahalliy va xorijiy investorlar uchun kapital bozorida qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.
📎 Batafsil — MD rasmiy kanalida
Post #857
3.79K

- 👍 12
- ❤ 4