#StartupBlink #Startup #Innovatsiya #XalqaroHamkorlik
JDPU va StartupBlink o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida StartupBlink asoschisi Eli David Rokah va universitet rektori M. Yuldashev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda talabalar startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish, ularni xalqaro bozorga olib chiqish hamda yoshlarning global startap ekotizimiga integratsiyalashuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Jizzax viloyatining xalqaro startaplar reytingidagi ishtirokini ta’minlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Jizzax davlat pedagogika universiteti va StartupBlink tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🔹JDPU axborot xizmati
Post #74069
2.44K





- 👍 11
- 🔥 1