“Ijtimoiy faollik kuni” doirasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi
➡️ Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ijtimoiy faollik kuni” doirasida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi. Bellashuvda 10 ta jamoa bilim va mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Turnir yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — “Tavalla” jamoasi — 800 000 so‘m;
2-o‘rin — “Neominions” jamoasi — 650 000 so‘m;
3-o‘rin — “Manifest” jamoasi — 500 000 so‘m.
➡️ G‘olib jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
🔹JDPU axborot xizmati




