Juda ko’p startaplarga tasir qiladigan model deb o’ylayman…
Google kompaniyasi jonli muloqot va ovozli boshqaruv uchun mo‘ljallangan yangi Gemini 3.8 Live hamda Gemini 3.8 Live Extended Thinking modellarini taqdim etdi. Ushbu tizimlar foydalanuvchi bilan tabiiy suhbatlashish jarayonida murakkab vazifalarni bajarish, real vaqtda tasviriy kontekstni tahlil qilish va asinxron vositalarni ishga tushirish imkoniyatini taqdim etadi.
Gemini 3.8 Live Extended Thinking modeli bir vaqtning o‘zida o‘ylash va gapirish qobiliyatiga ega. Model suhbatni uzmagan holda dasturiy kod yozish, ko‘p bosqichli bron qilish va biznes rejalar tuzish kabi keng qamrovli topshiriqlarni bajaradi, jarayon davomida esa o‘z harakatlarini ovoz orqali izohlab boradi.
@aimastava
Post #3080
4.64K

- 🔥 30
- 👍 5
- 🎉 2