TGViewer
Javohir Berdiyev | IT Javohir Berdiyev | IT @javohir_webdev · 8.39K subscribers
Post #3072 4.73K
Agar dasturlashni o‘rganayotgan va o‘zingizni backend yo‘nalishida sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, Yandex Uzbekistan'ning Dev Camp dasturiga e’tibor qarating.
10–31 oktyabrda Toshkentda bepul uch haftalik intensiv bo‘lib o‘tadi.

🧑‍💻 Dastur doirasida:
• backend
• algoritmlar
• sun’iy intellekt
o‘rganiladi.

Shuningdek, Yandex dasturchilari va jamoa rahbarlari bilan muloqot qilish imkoniyati ham bo‘ladi.

Eng muhimi — eng yaxshi ishtirokchilar Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tishlari mumkin.

Dastur IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan. Ish tajribasi va yosh bo‘yicha qat’iy talablar yo‘q.

🤩 O‘zbekistonning boshqa hududlaridan saralovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashashi Yandex tomonidan qoplanadi.

❗️Arizalar 30 sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.
  • 🔥 9
  • 👍 2
More from @javohir_webdev
  1. Sep 30, 2026Kim bu bola 😁😎
  2. Sep 29, 2026Yoshligimda ko'proq shaxmat o'ynasam, darsingni qil deb olib qo'yishar edi. O'shanda darsi…
  3. Sep 28, 2026Shuning uchun hamma savolni ham berish kerak emas AI ga 😁
  4. Sep 27, 2026⚡️O’zbekiston – ikki karra Butunjahon shaxmat olimpiadasi g’olibi!!!
  5. Sep 26, 2026🚀 Claude Opus 5.5 — Anthropic’dan yangi flagman AI modeli Anthropic yangi Claude Opus 5.5…
  6. Sep 24, 2026Post #3084
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →