TGViewer
Javohir Berdiyev | IT Javohir Berdiyev | IT @javohir_webdev · 8.48K subscribers
Post #2993 3.18K
🚀 Startapingiz bor, lekin investitsiya topolmayapsizmi?

O‘zbekistonda hozir ikkita katta tanlov davom etmoqda:
— President Tech Award
— President AI Award

Umumiy jamg‘arma — 6 million dollar.

President Tech Award prototipdan boshlab, birinchi sotuvga chiqqan va investitsiyaga tayyor startaplargacha bo‘lgan loyihalarni qamrab oladi. Eng kuchli jamoalar 125 ming dollargacha investitsiya olishi mumkin.

Muddatlar:
• Incubation va Acceleration — 10-avgustgacha
• Best Startup Project — 31-avgustgacha

President AI Award esa suniy intellekt asosida mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun. Eng yaxshi loyihalar akseleratsiyadan o‘tadi, mentorlar bilan ishlaydi va Demo Day’da investorlarga o‘z mahsulotini taqdim etadi.

Arizalar 15-avgustgacha qabul qilinadi.

Mening fikrim: ko‘pchilik startaplar arizani mahsulot “ideal” bo‘lgandan keyin topshirishni kutadi. Lekin ideal mahsulot bo‘lmaydi. MVP ishlayotgan, jamoa shakllangan va yechim real muammoni hal qilayotgan bo‘lsa — topshirish kerak.
Keyin “imkoniyat borligini bilmagandim” deyish uchun kech bo‘lishi mumkin 🙂

Ro‘yxatdan o‘tish: awards.gov.uz

Reklama
  • 👍 7
More from @javohir_webdev
  1. Oct 1, 2026Menda ham Gemini 4 chiqibdimi deb ha deb qarab yotibsizmi? 😁 Bu Google’ning eng kuchli mo…
  2. Oct 1, 2026🚀 Google Gemini 4 Argon’ni e’lon qildi Google 30-sentabr kuni yangi Gemini 4 Argon modeli…
  3. Oct 1, 2026Barcha ustozlarni bugungi bayram bilan tabriklayman ❤️
  4. Oct 1, 2026Post #3092
  5. Oct 1, 2026Bo'lar ekanku 🔥😎
  6. Oct 1, 2026🚀 Va nihoyat, Google yangi Gemini 4 Argon’ni e’lon qildi! 🔥🥳
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →