TGViewer
Javohir Berdiyev | IT Javohir Berdiyev | IT @javohir_webdev · 8.48K subscribers
Post #2984 2.87K
🤔 Gemini 3.5 Pro qayerda qoldi?

Google may oyida I/O'da 3.5 oilasini e'lon qildi. Flash o'sha kuniyoq chiqdi, Pro esa... yo'q. Pichai(Googleni rahbari) sahnada "bir oy sabr qiling" dedi — zalda norozi ovozlar ko'tarilgani ham yozildi.

O'sha "bir oy" 2,5 oyga cho'zildi. Iyun o'tdi. 17-iyul degan sana tarqaldi — u ham o'tdi. Bugun ham API'da 3.5 Pro yo'q.

Sabab nima?

Bitta so'z bilan: kod.

Bloomberg yozishicha, model ichki kutilmalarni qondirmayapti — ayniqsa dasturlash bo'yicha. Google iyun oxirida trening datasini yangilab ko'rgan, natija esa "hafsalani pir qilgan". Raqiblar (OpenAI, Anthropic) aynan shu yo'nalishda oldinda.

Pichai buni yashirmadi ham: "kodlash va agentik kodlashni yaxshilashimiz kerak" dedi va gapni Gemini 4 ga burdi — u hozir pre-training bosqichida, Google buni "eng ambitsiyali trening yurishi" deb atayapti.

Ya'ni Google flagmanni kechiktirib, arzon Flash liniyasiga tayanib turibdi:

Gemini 3.6 Flash
3.5 Flash-Lite
3.5 Flash Cyber

Uchalasi ham iyulda chiqdi. Pro esa hamon "hamkorlar bilan sinovda".

Qachon chiqadi?

Rasmiy sana yo'q. Pichai "tayyor bo'lganda" deydi, xolos.

Mening taxminim: avgust oxiri — sentyabr o'rtasi. Sababi — Google oylik model chiqarish tempiga o'tishni rejalashtiryapti, Gemini 4 esa hali uzoq. Oradagi bo'shliqni to'ldirish uchun 3.5 Pro'ni cho'zaverish ularga ham foydasiz.

Lekin bu faqat taxmin. Google 2 marta sanani o'tkazib yuborgan — uchinchisi ham bo'lishi mumkin 🙃
  • 👍 12
More from @javohir_webdev
  1. Oct 1, 2026Menda ham Gemini 4 chiqibdimi deb ha deb qarab yotibsizmi? 😁 Bu Google’ning eng kuchli mo…
  2. Oct 1, 2026🚀 Google Gemini 4 Argon’ni e’lon qildi Google 30-sentabr kuni yangi Gemini 4 Argon modeli…
  3. Oct 1, 2026Barcha ustozlarni bugungi bayram bilan tabriklayman ❤️
  4. Oct 1, 2026Post #3092
  5. Oct 1, 2026Bo'lar ekanku 🔥😎
  6. Oct 1, 2026🚀 Va nihoyat, Google yangi Gemini 4 Argon’ni e’lon qildi! 🔥🥳
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →