🇨🇳 Alibaba 2,4 trillionlik Qwen 3.8 Max'ni hammaga ochdi
Alibaba bugun eng yirik AI modelini keng foydalanuvchilarga ochdi. Keyingi haftada esa uni ochiq vaznlar bilan chiqarish rejada — ya'ni istagan dasturchi o'ziga moslab ishlata oladi.
Qisqacha:
▪️ 2,4 trillion parametr
▪️ ~1 mln tokenlik kontekst
▪️ Matn, rasm, video, hujjat — hammasini tushunadi
▪️ Narxi raqiblarnikidan ancha past
Xabardan keyin Alibaba aksiyalari Gonkongda 6% ko'tarildi 📈
⚠️ Lekin bir gap
Internetda "Qwen 3.8 Max Anthropic'ning Fable 5'ini 39 ta testda yengdi" degan postlar aylanyapti. Tekshirdim — bu to'g'ri emas:
Alibaba birorta ham rasmiy benchmark natijasini chiqargani yo'q
Model mustaqil reytinglarda umuman yo'q
Alibaba o'zi "Fable 5'dan keyin ikkinchi" degan
Frontend Code Arena'da birinchi o'rin Kimi K3'da
Model kuchli — buni inkor qilmaymiz. Ammo hozircha bu kompaniyaning o'z gapi, tekshirilgan natija emas. Ochiq vaznlar chiqsin, keyin hamma narsa joyiga tushadi.
💡 AI haqidagi "falonchi falonchini yengdi" sarlavhalariga shoshilib ishonmang. Mustaqil test chiqqanini kutgan ma'qul. 🔥
https://chat.qwen.ai/
✅ @javohir_webdev
Post #2980
5.48K



- 🔥 10
- 😁 7
- 👏 3