Bu Flash model, Pro model emas. Afsuski, ko’pchilik kutayotgan Gemini 3.5 Pro hali taqdim etilmadi.
Flash modeli nima uchun kerak?
Bu model maksimal tezlik va arzon narx uchun yaratilgan. Kundalik AI vazifalari, kod yozish, chatlar, avtomatlashtirish va AI agentlar bilan ishlashda juda yaxshi natija beradi. tokenlaringizni ancha tejaydi 💸
Flash va Pro o’rtasidagi farq nima?
Flash:
• Juda tez ishlaydi.
• Arzonroq.
• Kundalik vazifalar, chat, kod yozish va AI agentlar uchun mos.
• Tezkor javob kerak bo’lgan holatlar uchun yaratilgan.
Pro:
• Murakkab fikrlash talab qiladigan vazifalarda kuchliroq.
• Murakkab kodlar va katta loyihalarni yaxshiroq tahlil qiladi.
• Aniqlik va sifat tezlikdan muhim bo’lgan ishlar uchun mo’ljallangan.
Sodda qilib aytganda:
Flash — tezlik. ⚡️
Pro — kuch va sifat. 🦾
Agar siz AI’dan har kuni foydalanayotgan bo’lsangiz, Flash ko’p vazifalarni bemalol bajaradi. Lekin eng yuqori darajadagi mantiqiy tahlil va murakkab topshiriqlar uchun PRO
Endi navbat Gemini 3.5 Pro modeliga. Ko’pchilik aynan shu modelni kutmoqda.
Post #2952
3.54K

- 🔥 13
- 👍 3
- 😁 1