OpenClaw? Yo'q, shartmas, menda Claude bor!
Claude endi sizning kompyuteringizni boshqara oladi — xuddi siz o’tirgandek. Brauzerni ochadi, ilovalarni ishlatadi, jadvallarni to’ldiradi va hokazo.
Asosiy imkoniyatlar:
- Slack, kalendar va boshqa ilovalar bilan integratsiya
- Agar kerakli connector bo’lmasa, to’g’ridan-to’g’ri ekrandagi ilovani ochishga ruxsat so’raydi
- Telefondan vazifa berib, kompyuterni tark etsa bo’ladi — qaytganda ish tayyor bo’ladi
- Har kuni ertalab pochta tekshirish yoki har juma hisobot tayyorlash kabi takroriy vazifalarni avtomatlashtirish mumkin
Cheklovlar:
- Faqat macOS uchun (hozircha)
- Faqat Pro va Max tariflarida mavjud
- Claude Code yoki Claude Cowork orqali ishlaydi
Amalda bu — AI agentning kompyuter ustida to’liq nazorati, ya’ni oddiy chat yordamidan bir qadam yuqori.
Claude bozorga nima kerak bo'lsa beryapti. Menimcha ishchilar sutkasiga 24 soatdan ko'p ishlashgaptiyov, yakshanba kuni yangi fich reliz qilishdi)
Post #2756
2.72K