Har doim shunday - yangi bir yo‘nalishga kirar ekansiz yoki yangi bir ishni boshlasangiz, uning ikki tomoni borligiga rozi bo‘lishingiz kerak.
Yo yaxshi bo‘ladi,
yo bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin.
Lekin shuni bilishingiz kerak: har bir xato keyingisida tajriba bo‘ladi.
Boshlanishida ko‘p marotaba yiqilasiz, buzib qo‘yasiz, yaxshi oylikdan yomonroq oylikka tushib qolishingiz mumkin, ammo biling: bu ham tajriba.
Keyingi safar shu xato oldingizga chiqqanda, u sizning kuchli joyingizga aylanadi. Siz endi qayerda xato qilmaslikni, qayerda yaxshiroq e’tibor berishni bilasiz.
Shunda qilgan ishlaringiz har bir tajribada yaxshilanib boradi.
Shuni unutmaslik kerak: yuqoriga olib chiqadigan yo‘l pastga ham olib tushishi mumkin.
Xohlasangiz shu holatga rozi bo‘lib davom etasiz, yoki yaxshilashga harakat qilib ko‘rishingiz mumkin uning uchun yiqilishlarga buzib qo'yishlarga tayyor bo'lish kerak
Post #2565
2.01K
Javohir Berdiyev | IT Ozroq ishlamay qolgan narsani tuzatishni boshlasam, 2 ta yechim bo‘ladi: yo yaxshi ishlab ketadi, yo umuman ishlamay qoladi 😁 “Chala” degan so‘zga o‘rin qolmaydi 😁
- 👍 12
- 👏 1