TGViewer
Javohir Berdiyev | IT Javohir Berdiyev | IT @javohir_webdev · 8.72K subscribers
Post #2453 1.7K
Yandex Uzbekistan Dev Camp'ni ishga tushirmoqda — kelajak IT-mutaxassislari uchun imkoniyat

🧑‍💻👩‍💻 20 sentyabr kuni Toshkentda Dev Camp dasturiga start beriladi. U ushbu yo‘nalishdagi ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va karyera imkoniyatlarini o‘zida mujassam etadi.

Yandex Uzbekistan Dev Meetup #3 dasturi ochilishi INHA universitetida bo‘lib o‘tadi. Spikerlar orasida Yandex'ning O‘zbekistondagi xizmatlari ustida ishlovchi mutaxassislar — arxitektura bo‘yicha ekspertlar, yo‘nalish rahbarlari va backend dasturchilar bo‘ladi. Ular xizmatlarni masshtablash, algoritmlar va mashinali o‘qitish haqida so‘z yuritishadi.

Dev Camp dasturidan:
• backend dasturlash va algoritmlar bo‘yicha leksiyalar hamda vorkshoplar;
• code-battle'lar va demo-intervyular;
• HR-ekspertlar bilan karyera bo‘yicha sessiyalar;
• real loyihalarga yaqinlashtirilgan amaliy keyslar o‘rin olgan.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlaganlar sertifikat oladi, eng yaxshi qatnashuvchilar esa Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

✏️👉 Qatnashish bepul, ro‘yxatdan o‘tish 17 sentyabrgacha ochiq.
  • 👍 7
  • 🔥 1
  • 🎉 1
  • 👨‍💻 1
More from @javohir_webdev
  1. Oct 11, 2026O'yladim o'zim ham 100$ ga samsung tv bermaydi deb 😁
  2. Oct 11, 2026Post #3113
  3. Oct 11, 2026Kecha darsda Gemini orqali yasagan videomiz! 🔥 Siz ham o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin…
  4. Oct 10, 2026YouTube’da video chiqadi! 🥳🔥 YouTube’da 100 ta like yig‘sak, Gemini Agent Mode yasash bo…
  5. Oct 10, 2026https://youtu.be/ZLVc3oo3kdA
  6. Oct 10, 2026Gemini Pro orqali AI Video Yaratish 🔥 | Gemini Flow dars Yangi dars bugun YouTube kanalim…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →