TGViewer
Javohir Berdiyev | IT Javohir Berdiyev | IT @javohir_webdev · 8.74K subscribers
Post #2343 2.21K
Agar siz sun’iy intellekt davrida dasturchi bo‘lsamikan deb ikkilanayotgan bo‘lsangiz, ehtimol, dasturchi bo‘lmaganingiz ma’qulroqdir.

Chunki sun’iy intellekt juda tez rivojlanmoqda va bu rivojlanish natijasida sohadagi talablar ham keskin ortib bormoqda. Agar siz hali ham ikkilansangiz, bunday raqobatga bardosh bera olmaysiz.

Ammo agar siz "dasturlashning kelajagi bormi yoki yo‘qmi?" deb o‘ylab ham ko‘rmagan bo‘lsangiz, demak, siz to‘g‘ri yo‘ldasiz - sizda shubha emas, qat’iyat bor.

E’tiborda tuting: dasturlash degani faqat kod yozish emas. Avvalo bu - muammoni tushunish, uni tahlil qilish va eng maqbul yechimni topishdir. Kod yozish - bu faqat oxirgi bosqich. Aslida, dasturchi - bu muammolarni hal qiluvchi fikrlovchi insondir.

Bu yo‘l - mashaqqatli yo‘l. Bu yo‘lda mehnat qilish, qiyinchiliklarga bardosh berish, o‘z ustingizda tinimsiz ishlash talab etiladi. Faqat shu yo‘l bilangina siz chinakam dasturchiga aylanasiz.

@naxalov
  • 🔥 30
  • 👨‍💻 3
  • 💯 2
More from @javohir_webdev
  1. Oct 12, 2026⚡️ Gemini 4 Carbon: Google ichki testlarda raqobatchilarni ortda qoldirmoqda! Google xodim…
  2. Oct 11, 2026O'yladim o'zim ham 100$ ga samsung tv bermaydi deb 😁
  3. Oct 11, 2026Post #3113
  4. Oct 11, 2026Kecha darsda Gemini orqali yasagan videomiz! 🔥 Siz ham o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin…
  5. Oct 10, 2026YouTube’da video chiqadi! 🥳🔥 YouTube’da 100 ta like yig‘sak, Gemini Agent Mode yasash bo…
  6. Oct 10, 2026https://youtu.be/ZLVc3oo3kdA
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →