TGViewer
Javohir Berdiyev | IT Javohir Berdiyev | IT @javohir_webdev · 8.74K subscribers
Post #2282 2.52K
Ish topishning noodatiy usuli

Noodatiy, chunki deyarli hech kim ishlatmaydi.

Odatiy usul - Ishga joylashmoqchi bo’lgan odam, chiroyli “cv” tayyorlaydi, yuboradi, javob kutadi.

Bilmaydiki, shunday kutayotganlar yuzlab bo’ladi.

Siz yuzlab joyga yuborgansiz, ular ham yuzlab kandidat olgan. Tanlanish uchun eng zo’ri yoki eng omadlisi bo’lish kerak.

Noodatiy usul: Xohlagan ish joyingizni tanlaysiz. Yaxshilab o’rganasiz. Xizmatlaridan foydalanib ko’rasiz. Kamchiliklarni topasiz (ular hammada bor). Kompaniya boshqaruvchilariga yaxshilash bo’yicha takliflaringizni yuborasiz.

Adekvat boshqaruvchilar albatta chaqirib, gaplashib ko’radi. O’zingizni intervyuda ko’rsatasiz. (cv da ko’rsatishdan osonroq)

Adekvat bo’lishmasachi? Kamchilikni aytgan odamni blok qilishsachi? Chaqirishmasachi? Yanada yaxshi, yomon ish beruvchidan qutulib qoldingiz)

Bizni bitta marketologimiz va menejerimiz aynan shunday qilib ishga joylashgan)

P.S.

Bu usul asosan kichik va o’rta kompaniyalar uchun ishlaydi.

@azizrakhimov_blog
  • 👍 18
  • 👨‍💻 1
More from @javohir_webdev
  1. Oct 13, 2026Like bosamiz YouTube’da 100 ta like yig‘sak Gemini Agent Mode Spark haqida video chiqarama…
  2. Oct 12, 2026⚡️ Gemini 4 Carbon: Google ichki testlarda raqobatchilarni ortda qoldirmoqda! Google xodim…
  3. Oct 11, 2026O'yladim o'zim ham 100$ ga samsung tv bermaydi deb 😁
  4. Oct 11, 2026Post #3113
  5. Oct 11, 2026Kecha darsda Gemini orqali yasagan videomiz! 🔥 Siz ham o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin…
  6. Oct 10, 2026YouTube’da video chiqadi! 🥳🔥 YouTube’da 100 ta like yig‘sak, Gemini Agent Mode yasash bo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →