TGViewer
Javohir Berdiyev | IT Javohir Berdiyev | IT @javohir_webdev · 8.79K subscribers
Post #2226 2.63K
ChatGPT yoki AI dasturchilar o‘rnini bosa oladimi?
Bu savolni ko‘pchilikdan eshityapman, ayniqsa dasturlashni endi boshlayotganlar orasida. To‘g‘risini aytsam — hali beri AI modellar dasturchilar o‘rnini bosa olmaydi. To’g’ri yaxshi kod yozisha oladi bu ish o’rinlariga tasir qiladi, yani 10 ta emas 5 ta yaxshi dasturchilar bilan ishni bitish mumkin bo’lib qolish ehtimoli bor.

👨‍💻 O‘tgan haftada bunga o‘zim guvoh bo‘ldim. Ishdan sal ertaroq javob olib ishdan ketdim, front va backendni serverga joylash vazifasini jamoamga topshirdim. Ammo frontda kichik muammo chiqib qolgan serverga build qilish vaqtida
Tajribali backendchi va DevOps mutaxassis bu muammoni AI yordamida hal qilishga urinib ko‘rishgan. Ular o‘ylagan: "Shuni ChatGPT ga bersak, darrov echimini topib beradi deb va ancha xarakat qilishgan"

Natijada 2 soat vaqt ketdi, lekin muammo hal bo‘lmagan
Men qaytib kelib, muammoni ko‘rdim — juda katta narsa emas edi. Bir necha daqiqada yechib oldik.

🎯 Xulosa: AI — bu vosita. Juda kuchli vosita. Lekin hozircha u muammolarni yechishda inson tajribasini va kontekstni tushunishni to‘liq almashtira olmaydi.

Shuning uchun, agar sizda:
"AI dasturchilar ishsiz qoladimi?" degan savol bo‘lsa —
Bemalol o‘rganavering. Sizga o‘xshagan fikr qiluvchi, muammo yechuvchi dasturchilarga hali ko‘p yillar talab bo‘ladi.
  • 👍 20
  • 🔥 4
  • 💯 2
  • ⚡ 1
More from @javohir_webdev
  1. Oct 14, 2026🔥 Gemini 4 Argon Pro tarifiga ham keldi! 🥳 Hozircha hammada birdaniga paydo bo‘lmasligi…
  2. Oct 14, 2026Va nihoyat, Gemini 4 Argon rasman e’lon qilindi! 🔥🎆 Hozircha yangi model faqat Ultra tar…
  3. Oct 13, 2026🔥Google Gemini PRO’ning 18 oylik taklif berishni to‘xtatishini rasman e’lon qildi. Taklif…
  4. Oct 13, 2026Like bosamiz YouTube’da 100 ta like yig‘sak Gemini Agent Mode Spark haqida video chiqarama…
  5. Oct 12, 2026⚡️ Gemini 4 Carbon: Google ichki testlarda raqobatchilarni ortda qoldirmoqda! Google xodim…
  6. Oct 11, 2026O'yladim o'zim ham 100$ ga samsung tv bermaydi deb 😁
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →