TGViewer
Javohir Izzatulloh | blog Javohir Izzatulloh | blog @javharuz · 2.78K subscribers
Post #3521 791
O'zbekistonda qaysidir sohaga kimdir nimadir yangilik olib kirsa yoki qilinishi kerak bo'lgan ishni qilayotgan bo'lsa va u sifatsiz bo'lsa, buni uzrli deb qabul qilishimiz va qo'llashimiz kerak deb o'ylayman. Suv yo'g'ida tayammum, degandek. Katta ishlar shunday kichik ishlardan boshlanadi.

Tanqid qilib o'tirish oson. Hech kim bizga kelib biz uchun hech nima qilib bermaydi. Ishlab chiqarishda bo'ladimi, xizmat ko'rsatishda bo'ladimi – sifatli kadrlar bazamiz judayam sayoz va biz bori bilan o'zgarishlar qilishga majburmiz.

Bu yo'ldagi har qanday urinish – qahramonlikka teng, ayniqsa bu xususiy sektorda tadbirkorning o'z mablag'larini jiddiy riskka qo'yish hisobiga amalga oshirilayotgan bo'lsa. Shu urinishlar vaqti kelib ish sifatini va xodimlar malakasini jiddiy oshiradi va bundan hammamiz yutamiz.

📌 @javharuz 📌
  • 👍 14
  • 💯 6
  • ❤ 4
  • 🔥 4
More from @javharuz
  1. Oct 9, 2026Assalomu alaykum! Salomatmisiz? Sizni “Hilol Nashr”ning 15 yilligi munosabati bilan 10-okt…
  2. Oct 7, 2026Bemor Naima Abdurahmonova bolaligidan 1-guruh nogironi. U meningoensefalit (miya va miya p…
  3. Oct 6, 2026📚 «Hilol-Nashr» 15 ёшда! 🎙 Жавоҳир Иззатуллоҳдан табрик 🎉 10 октябр куни соат 14:00 да…
  4. Sep 28, 2026Kutuvlarni kamaytirish, hayotingizdagi kichik o'zgarishlarni ham quvonch bilan qabul qilis…
  5. Sep 21, 2026Rayhona serebral falaj (DSP) tashxisi bilan yashaydi. Uch yoshigacha yura olmagan. Davolan…
  6. Sep 19, 2026Hazrat Mavlono Qosim Nonutviy boy mehmonlarni oddiy taom bilan, faqir va g'ariblarni esa o…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →