O'zingizni qachon losted (yo'qotib qo'ygan) his qilasiz?
Qachonki qilayotgan ishingizdan ma'no ko'rmasangiz.
Z avlod va hozirgi digital kasb egalariga, ishning daromadi, qulayligidan tashqari birinchi o'rinda qilayotgan vazifalardan ma'no muhim.
Nima uchun bu vazifalar yoki loyihalarni qilayapman?
Oylik berishgani uchunmi? yoki KPI bajarishim uchunmi?
Ko'pchilikdan shunday so'rayman: qanaqa rejalar va qanaqa ko'ryapsiz karyerangizni kelajakda?
Aksariyat insonlar, odamlardan misol keltiradi. Bu odamga o'xshagan darajaga chiqmoqchiman, bu odamga o'xshagan pozitsiyada ishlamoqchiman, bu odamga o'xshagan pul topmoqchiman.
Menimcha aynan shu insonni losted qiladi. Nega biz boshqa odamlarni biz tashqaridan ko'rgan pozitsiyasiga intilamiz.
Mana shu narsa ma'noni yo'qotadi.
Sizni o'zingizni missiyangiz bor. Hali uni kashf qilmagandursiz. Lekin u bor.
Xuddi bir yangi kompaniyani brending qilgandek, o'zingizni qilsangiz bo'ladi. Biz Apple'dek bo'lamiz degan kompaniyalar doim ko'rganman fail bo'lishgan bo'ladi. Ular ham boshqa kompaniyadek bo'lgisi kelo'radi. Mayli dizaynni ilhomlan, marketing ilhomlan, ishlash metodini va hokozo. Lekin siz appledek bo'lolmaysiz. Sizni missiyangiz boshqa.
Odamlarda ham shu. Boshqalarga tupuring. Ulardan ilhomlaning, foyda oling, maslahat oling, energiya oling. Lekin ulardek bo'lishga intilishingiz shart emas.
Eng zo'r xarizma bu o'zingizni yashirmaydigan xarakteringiz.
Shunchaki, "what is your mission in this life?" va bu missiya yo'lidan ketayapsizmi? Shu faoliyatingiz sizning missiyangizga poydevor bo'lmoqdami?
Shaxsan men propogandaga qarshishi kurashish uchun influencer (bloger emas, ta'sir doirasi kuchli inson) bo'lishim kerak deb missiya qilganman.
Dunyoda sizni baxtsiz qilayotgan juda ko'p propagandalar va manipuliyatsiyalar bor. Marketing, biznes, kuch, awarenes, ta'sir doirasi kuchli inson bo'lish orqali ularni qisman boshqarish mumkin. Bular uzoq yillik missiya va maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Men shuning uchun har kuni tajriba orttiraman, har kuni ishlayman, uyg'onaman, har kuni yangi munosabatlar o'rnataman, va'dalarni bajaraman, daromad qilaman, bloglar yuritaman. Compound effect. Itjtimoiy kapital geometrik o'sib boraveradi.
oxirigacha o'qigan bo'lsangiz "💊" bosing.
@janob_marketolog
Post #1808
2.88K


- 💊 104
- ⚡ 9
- 🔥 6
- 🤩 3
- 💯 2
- 🤝 2
- 🏆 1