Savannah yaqinidagi Ellabell shahridagi Pilot #1390 bekatida 6 ta zaryad joyi ishga tushdi. Har biri 1,2 MW quvvat beradi, Tesla Semi 30 daqiqada 60 foiz zaryad oladi. Bir kun oldin Atlanta yaqinida ham shunday stansiya ochilgan, endi Atlanta va Savannah orasida elektr fura bemalol yuradi.
Keyingi navbatda Kaliforniya, Texas va Nevada. Yana 12 ta bekat qurilmoqda.
xulosa: elektr truck endi gap emas, haqiqat. Hozircha kam, lekin asosiy yo'nalishlarda tarmoq tez kengaymoqda.
Dizel 6 dollar bo'lsa qo'rqmang, elektr furalar kelyapti. Keyin batareya 15 foiz qolib, eng yaqin Megacharger 400 mil narida ekanini ko'rganingizda haqiqiy qo'rquvni bilasiz.
#TruckingNews #TeslaSemi
