TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #938 3.64K
#smartfon

“Yirik “operativka”li smartfon — marketing aldovidir!” 📱

2016 yilda
taqdim qilingan Vivo Xplay 5 Elite smartfoni o‘zidagi 6 gigabaytli tezkor xotirasi bilan ko‘pchilikni hayratda qoldirgan edi. Keyinchalik Samsung, Huawei, OnePlus va Xiaomi ham devayslariga shuncha sig‘imli tezkor xotira o‘rnatishga kirishib ketdi. Ulardan keyin ASUS o‘zining ZenFone AR gadjetiga sig‘imi 8 GB bo‘lgan “operativka” qo‘ydi. Smartfonlarga bu darajadagi “gigant” tezkor xotiralar qanchalar zarur? Huawei’ning operatsion tizimlar bo‘yicha direktori Lao Shi shu savolga oydinlik kiritdi.

Janob Lao Shi o‘zining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilishicha, har qanday turdagi smartfonning samarali ishlashi uchun 4 GB operativ xotira kifoya qiladi. Lao Shi smartfon kompaniyalari o‘rtasidagi yirik tezkor xotirali smartfon ishlab chiqarish musobaqasini “sovuq urush” davrida AQSh va SSSR o‘rtasida qurollanish poygasiga o‘xshatdi.

Lao Shi ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan test natijalariga asoslanib, 4 GB tezkor xotirali SoC Kirin 960 protsessori bilan ta’minlangan Huawei smartfoni raqib kompaniyalarning 6 GB tezkor xotirali smartfonlaridan yaxshiroq ishlashini ma’lum qilgan.

Ekspertning fikricha, istiqbolda joriy etiladigan mobil texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun smartfonga 4 GB tezkor hamda 128 GB sig‘imli flesh-xotira kifoya qiladi. Huawei top-menejeri ishlab chiqaruvchilar smartfonni samarali ishlashi uchun uning texnik va dasturiy platformasini muvofiqlashtirishlari kerakligini ta’kidlaydi. Misol uchun, Apple’ning iOS operatsion tizimining kichik sig‘imli operativ xotira bilan ham tez va aniq ishlashining bosh sababi ham undagi dasturlarning optimallashtirilishi bilan bog‘liq.

Huawei rahbarining aytishicha, yirik xotirali telefonlar xaridorni ortiqcha pul to‘lashga majbur qilish uchun o‘ylab topilayotgan marketing siyosatidir. 6 GB “operativka” – bu tamoman bema’nilik. Vaholanki, Huawei’da ham bunday xotirali smartfonlar mavjud. Bir muddat avval Huawei 4K sig‘imli ekranning ham xaridorning “qulog‘ini aldaydigan chaqiriq” deb aytib, smartfonlarda undan foydalanish foydasizligini xabar qilgan edi.

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →