🤼 Matn bilan kurashamiz (yoxud matn formatidagi sonlarni sonli formatga o‘tkazish usullari) 🤼
Samuray tunni 1C qarshisida o‘tkazib,
Ipak savdosi ma’lumotlarini yuklab oldi.
Jangchi chuqur qayg‘u va iztirobda,
Chunki sonlar matn formatida...
Korporativ tizimdan ma’lumotlarni yuklab olib, sonlarni matn formatida ekanligiga ko‘p guvoh bo‘lgandirsiz?
Yoki matndan sonni ЛЕВСИМВ, ПРАВСИМВ va ПСТР funksiyalari orqali ajratib olib, son hali ham matnligicha qolganiga guvoh bo‘lgansiz, to‘g‘rimi?
Odatda matn formatidagi sonlarni sonli formatga o‘tkazishdan maqsad, ular bilan keyinchalik matematik amallarni bajarishdir.
Biroq ba’zan shunday g‘alati holatlar bo‘ladiki, katakdagi sonlarga nisbatan formati Текстовый'dan Числовой'ga o‘tkazilgani bilan, bu besamar bo‘ladi!
Quyida esa matn formatida kiritilgan sonlarni sonli ko‘rinishga o‘tkazish bo‘yicha top usullarni keltirmoqdamiz:
🥊 1) Asoslar asosi
ЗНАЧЕН () funksiyasi. Matnni songa o‘tkazadi. Toza, oddiy va ishchan usul.
Yechimi: = ЗНАЧЕН(matnli katak havolasi)
🥊 2) 1 soniga ko‘paytiramiz
Matnli qiymatni 1 soniga ko‘paytiramiz, va syurprizni qarangki, matn avtomatik ravishda songa qayta formatlanadi.
Yechimi: = matnli katak havolasi * 1
🥊 3) Ikki minus belgisi
Matn yoki havola oldidan ikki minus belgisini kiritasiz va ko‘paytirish bilan bo‘lgandagi kabi effekt qaytariladi.
Yechimi: = --matnli katak havolasi
Matnni qiynamang, uni sonli formatga oson o‘tkazing. 😉
📝 Manba: @helloexcel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija