#word #maslahat
💾 Microsoft Word'da fayllarni saqlash qulayligini oshiramiz
Odatda, yangi hujjat yaratilganida, Word kerakli saqlash joyiga o‘tish uchun sichqoncha tugmasini bir necha marta bosishingiz kerak bo‘lgan muloqot oynasini ekranga chaqiradi.
Ammo ko‘pincha bizda fayllar uchun asosiy papka mavjud bo‘lib, unda biz allaqachon fayllarimizni tartiblab kelayotgan bo‘lamiz. Nega endi bizga kerak bo‘lgan standart papkani darhol ochmasdan, dastur taklif etgan muloqot oynasi orqali ishimizni uzaytarishimiz kerak?!
Buning uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:
1️⃣. “Файл” → “Параметры” bo‘ylab o‘ting.
2️⃣. Sozlamalar oynasining o‘ng tomonidagi “Сохранение” bo‘limini tanlang.
3️⃣. “Не показывать представление Backstage при открытии и сохранении файлов” bandiga qushcha belgisini o‘rnating.
4️⃣. “Расположение локальных файлов по умолчанию” maydonida yangi fayllar saqlanishi uchun taklif etilishi rejalashtirilgan papkangiz manzilini ko‘rsating.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #8590
2.38K