✅ Mantiqiy funksiya yordamida muayyan ko‘rsatkichdan oshgan qiymatlarni saralash
Ushbu usul yordamida qiymati ma'lum ko‘rsatkichdan oshgan yacheykalarni tezkor tarzda aniqlash mumkin. Keltirilayotgan misolda — 600 dan ortiq sotilgan tovarlar mantiqiy funksiya yordamida aniqlangan.
Buning uchun quyidagi qadamlar bajariladi:
1️⃣. Ushbu namunadagi kabi formula qo‘llaniladi:
=ЕСЛИ(E5>600;"+";"-")
🏷 Bu yerda E5 — asos sifatida olingan raqamni o‘z ichiga olgan yacheyka (sotilgan mahsulotlar soni);600 — belgilangan ko‘rsatkich (kiruvchi qiymat);+ va - — 600 dan ortiq (+) va undan kam (-) qiymatlar uchun qo‘llaniluvchi matnli status bo‘lib, uning matni boshqacha keltirilishi ham mumkin.📌 P.S.:
ИСТИНА (rost) yoki ЛОЖЬ (yolg‘on) argumentlar o‘rnida formulalar ham qo‘llanilishi mumkin.2️⃣. Formulani pastroqdagi qolgan yacheykalar uchun ham qo‘llaymiz. Tayyor! 👆🏻🎞
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija