TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #8420 2.54K
#operatsion_tizim #maslahat

🧹 Muayyan tizimli diskda qiyinchiliksiz joy bo‘shatish

1️⃣. Boshlash uchun tizimning qidiruv satriga Панель управления (Control Panel)'ni kiritib, u bo‘ylab o‘tamiz.

2️⃣. Keyingi bosqichda Система и безопасность (System and Security) uskunalar guruhiga o‘tiladi.

3️⃣. Администрирование (Administrative Tools) bo‘limida Освобождение места на диске (Free up disk space)'ni ustiga bosamiz.

4️⃣. Tizim sizdan C yoki D diskini tanlashni so‘raydi, C diski tanlanib turgan holatida OK tugmasiga bosamiz va Очистить системные файлы (Disk Cleanup) varaqa (вкладка)sidagi kerakli bandlarni belgilab chiqib yana OK'ni bosamiz.

5️⃣. Yana bir bor shu diskning o‘zini tanlaymiz va tizimdagi hisob-kitob jarayoni yakunlanishini kutamiz, so‘ngra yangi oynada Дополнительно (More Options) varaqasiga o‘tamiz.

6️⃣. Oynaning o‘rtasidagi Восстановление системы и Теневое копирование (System Restore and Shadow Copies) bo‘limidagi Очистить (Clean up...) tugmasiga bosamiz.

Shunday qilib, eng so‘nggi tiklash nuqtasi (точка восстановления, restore point)dan tashqari barcha keltirilgan (muhim bo‘lmagan) fayl va papkalarni o‘chirib, diskda qo‘shimcha joy hosil qilishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →