#internet #rasm_bilan_ishlash
🖼 Rasmning sifatini yaxshilaymiz
Zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari rasmlarni qayta ishlashni juda yaxshi uddalamoqda. Bu orqali tarmoqda sifatni yo‘qotmasdan rasmning o‘lchami (разрешение)ni oshirishga imkon beradigan ko‘plab xizmatlar yuzaga kelgan.
Upscayl — Windows, macOS va Linux'lar bilan mos keluvchi bepul va ochiq kodli dasturiy ta’minotdir. U oddiy va intuitiv interfeysga ega bo‘lib, fayllarni ommaviy qayta ishlash imkoniyatiga ega va JPG, PNG hamda WebP formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Kamchiligi sifatida bu dasturiy ta’minot ekanligini va kompyuterga o‘rnatilishi lozimligini keltirish mumkin. Afzalligi esa – ishlov berilgan yakuniy rasmning yuqori sifatidir. Onlayn xizmatlar hozircha bunday natijaga erishish imkonini taqdim etganicha yo‘q.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Rasmlar bilan ishlash rukni ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #8246
4.19K