TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7966 3.65K
#operatsion_tizim #tarmoq #security

🔐 Siz ulangan barcha Wi-Fi tarmoqlarining parollarini qanday ko‘rish mumkin?

Ishxona yoki biror joydagi Wi-Fi tarmog‘ining parolini unutib qo‘ysangiz-u, ulanish juda zarur bo‘lsa, u holda Windows konsoli bilan bog‘liq ajoyib lafxak mavjud. Harakatlar algoritmi esa quyidagicha:

1️⃣. WIN + R'ni bosgan holda ekranga “Выполнить” oynasini chaqiring va unga cmd buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Командная строка (Buyruq satri)ni ishga tushiring.

2️⃣. Ochilgan konsol oynasiga netsh wlan show profiles buyrug‘ini yuboring. Ekranda barcha ma’lum Wi-Fi tarmoqlarining ro‘yxati yuzaga kelganiga guvoh bo‘lasiz. Sizga kerakli bo‘lgan tarmoq nomlanishini eslab qoling.

3️⃣. So‘ngra netsh wlan show profile name=sizdagi_tarmoq_nomlanishi key=clear buyrug‘ini yuboring. Ushbu buyruq joriy tarmoq haqidagi barcha ma’lum ma’lumotni chiqarib beradi. Содержимое ключа (Key Content) maydonida siz ushbu tarmoqqa ulanishda qo‘llagan so‘nggi parol keltirilgan bo‘ladi.

Windows operatsion tizimidagi WlanSvc xizmati (Wi-Fi va Bluetooth orqali bo‘lgan) barcha simsiz ulanishlarni boshqaradi. Ya’ni ushbu xizmat izlash, ulanish, uzilish va kompyuterda simsiz ulanishlar ishlashi uchun zaruriy bo‘lgan boshqa amallar uchun javob beradi.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 🔥 10
  • 👍 4
  • ❤ 2
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →