TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7799 5.98K
#internet #maslahat

🏎 Chrome'da fayllar yuklanishini tezlashtirish

Chrome'da katta hajmdagi fayllarni yuklab olayotganingizda — brauzer internet trafigining butun kanalini ishga solmagan holda, ularni bir oqimda yuklab oladi. Biroq fayllarni birato‘lasi bir nechta oqimda yuklab olish orqali ularning yuklab olinish (Downloading) tezligini bir necha barobar oshirish mumkin.

Chrome brauzerida esa ushbu xususiyat tajribaviy sozlamalar orasiga berkitilgan. Uni faollashtirish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Brauzerning manzil satriga (qo‘shtirnoqlarsiz) ushbu havola matnini kiritamiz: “chrome://flags/#enable-parallel-downloading” va ushbu sahifaga o‘tamiz.

2️⃣. Parametrni “Default”dan “Enabled” rejimiga o‘tkazamiz.

3️⃣. Brauzerni qayta yuklaymiz.

4️⃣. Tayyor — endi Chrome'ingiz ko‘p oqimli yuklab olishni qo‘llab-quvvatlaydi va gigabaytli ma’lumotlarning yuklab olinishini sezilarli darajada tezlashtiradi!

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 🔥 6
  • 👍 5
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →