🚀 Windows'da “Максимальная производительность” rejimini faollashtirish
Oddiy harakatlar orqali qo‘llayotgan tizimimizga berkitilgan elektr ta’minoti sxemasini qo‘shishimiz mumkin. Ushbu sxema tizim tezkorligini maksimal darajada oshirib, undagi qotib ishlash holatini minimallashtirish uchun xizmat qiladi.
Buning uchun quyidagilar bajariladi:
1️⃣. “Командная строка” (Buyruq satri)ni administrator nomidan ishga tushiramiz va unga ushbu buyruqni bajarish uchun yuboramiz (qo‘shtirnoqlarsiz): "
powercfg -duplicatescheme e9a42b02-d5df-448d-aa00-03f14749eb61".2️⃣. “Панель управления”ni ishga tushiramiz (Vazifalar panelidagi qidiruv satri orqali topish mumkin) va undagi “Электропитание” bo‘limiga o‘tamiz.
3️⃣. “Дополнительные схемы” guruhidagi “Максимальная производительность” opsiyasini tanlaymiz.
Tayyor, endi kompyuterning ish samaradorligida qanday o‘zgarish yuz berganligini tekshirib ko‘rishingiz mumkin. 😉
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija