TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7743 3.21K
​​#internet

🔤 Chrome'da har qanday obyektdan matnni tezkor nusxalab olamiz

Ko‘pincha brauzerdan foydalanish paytida qandaydir muhim ma’lumotni yozib olish, mazmundor fikr (sitata), dastur kodining bir qismi, taqdimot slaydlari yoki muayyan nomlanishlarni yozib olishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchiligimiz buni har doim ham matn ko‘rinishida nusxalab bo‘lmagani uchun qo‘lda bajarib kelamiz. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jarayonni ham soddalashtirish imkoni mavjud ekan.

Buning uchun quyidagi qadamlar bajariladi:

1️⃣. BlackBox kengaytmasi sahifasiga o‘tamiz va uni o‘rnatamiz;

2️⃣. Brauzerning yuqori o‘ng burchagidagi o‘rnatilgan kengaytmalar bo‘limiga o‘tamiz;

3️⃣. BlackBox ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va uni brauzerda ko‘rinib turadigan qilib biriktirib (qotirib) qo‘yamiz;

4️⃣. Nimanidir nusxalash kerak bo‘lsa, shunchaki kengaytma belgisi ustiga bosamiz va kerakli sohani belgilaymiz.

Ushbu usul veb-sahifalar, PDF-fayllar, rasmlar va hattoki video bilan ham yaxshi ishlaydi. Kengaytmaning bepul tarifi va skanerlash miqdori bo‘yicha cheklovlarni yechuvchi, harakatlar tarixini saqlovchi hamda Windows va macOS'ga tegishli boshqa ilovalarda qo‘llash imkonini taqdim etuvchi pullik obunasi mavjud.

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 3
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →