TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7736 9.09K
#operatsion_tizim #internet #hardware

⌨️ Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori

Tez matn kiritish o‘rganishga ko‘maklashuvchi ko‘plab klaviatura trenajyorlari mavjud. Bu alohida o‘rnatiluvchi dasturlar yoki veb-xizmatlar bo‘lishi mumkin. TypeRacer boshqa foydalanuvchilar bilan raqobatlashish imkoniyati tufayli ularning ko‘pchiligidan ajralib turadi.

TypeRacer — raqobat rejimiga ega klaviatura trenajyori. G‘oyasi nihoyatda sodda: siz va sizning raqib(lar)ingiz xizmatga ulanasiz va bir vaqtning o‘zida matn kiritishni boshlaysiz. Barchasi ekranda harakatlanuvchi mashinalar ko'rinishida vizuallashtiriladi va kimning mashinasi marraga birinchi yetsa, o‘sha foydalanuvchi g‘alabaga erishadi. Saytda bezatish uchun bir qancha mavzular va turli tillar tanlovi mavjud.

Siz peshqadamlar jadvalida o‘zish uchun shunchaki vaqt yoki ochkolar bo‘yicha raqobat qilmaysiz, balki real vaqtda haqiqiy raqib(lar) bilan raqobatlashasiz.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish (Ratatype)
• Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati
• Onlayn klaviatura trenajyorlari
• СОЛО на клавиатуре kompyuter dasturi
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 🔥 5
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →