TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7724 3.25K
#operatsion_tizim #security

😴 Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish

Ma’lumotlaringiz xavfsizligi uchun Windows uyqu rejimidan chiqqan paytingizda qayd yozuvingizdan foydalanishda davom etish uchun sizdan parol kiritishni talab etadi. Biroq agar uyqu rejimidan chiqish paytidagi parol kiritish so‘rovini olib tashlash va uni faqat kompyuter ishga tushirilganida so‘raladigan qilmoqchi bo‘lsangiz, buni amalga oshirish tartibi oson.

Parol kiritish so‘rovini o‘chirib qo‘yish uchun ushbu harakatlar ketma-ketligi talab etiladi:

1️⃣. WIN + I klavishlari birikmasini bosish orqali “Параметры” oynasini ekranga chaqiring va unda “Учетные записи” — “Варианты входа” bandlari bo‘ylab o‘ting.

2️⃣. "Требуется вход" bo‘limida kirish varianti ro‘yxati ustiga bosib, “Никогда” bandini tanlang.

3️⃣. Kompyuteringizni qayta yuklang.

⚠️ Agar buni “Параметры” oynasi orqali amalga oshira olmagan bo‘lsangiz, u holda buyruq satrini administrator nomidan ishga tushiring va ushbu buyruqni (qo‘shtirnoqlarsiz): "powercfg /SETACVALUEINDEX SCHEME_CURRENT SUB_NONE CONSOLELOCK 0", so‘ngra bunisini kiritib, har ikkisidan keyin mos tarzda ENTER klavishini bosing: "powercfg /SETDCVALUEINDEX SCHEME_CURRENT SUB_NONE CONSOLELOCK 0".

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10’ga kirishda so‘raladigan parolni olib tashlash
• Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
• Uyqu rejimi, gibernatsiya va kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirishga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz.
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 10
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →