#powerpoint #internet
📽 Taqdimot faylini PDF'ga o‘tkazish/aylantirish
Ko‘p hollarda taqdimot faylida u yoki bu sabablarga ko‘ra slaydlardagi obyektlarning siljib ketishi oqibatida so‘nggi natijaviy ko‘rinishi barcha talablarga javob bermaydi. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida standart PPTX/PPT formatidagi taqdimot fayli PDF'ga aylantirib olinadi.
Bu printerga chop etish uchun ham qulay, sababi hamma joyda ham sizdagi Microsoft Office versiyasi o‘rnatilmagan bo‘lishi mumkin. Buni ikki usulda amalga oshirish mumkin bo‘lib, ularga to‘xtalib o‘tamiz:
1️⃣. Onlayn-xizmatlar yordamida. Maxsus dasturlarni yuklab olish shart emas, axir Internet borku! Bu yerda ham yo‘l-yo‘rig‘i o‘sha-o‘sha: PDF formati tanlanadi → kerakli fayl tanlanadi/yoki sahifa ustiga sichqoncha yordamida olib o‘tkaziladi (drag'n'drop) → “Convert” tugmasi bosiladi va jarayon tugallanishi kutiladi.
2️⃣. MS PowerPoint'ning o‘zida. Taqdimot fayli tayyor holga kelganidan so‘ng odatiy harakatlar bajariladi: Menyu satridagi “Файл” varaqa (вкладка)siga o‘tib, “Сохранить как” bandi tanlanadi. Fayl nomi ostidagi ochiluvchi ro‘yxatdan standart “PPTX/PPT” formatining o‘rniga pastroqdagi “PDF” formati tanlanadi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• PDF-fayllari bilan ishlash bo‘yicha mavzular, dastur va mobil ilovalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #7672
3.75K