🕵🏻♂️ Google Chrome'da “doimiy” yashirin – “Инкогнито” rejimni faollashtiramiz
Google Chrome brauzeridagi “Инкогнито” rejimi allaqachon talabga ega ekanligini isbotlagan. Brauzer oddiy tarzda ishga tushirilganida tashriflar tarixi, yuklab olishlar, cookie-fayllar va boshqa ma’lumotlarni eslab qoladi.
Biroq muayyan manbalarga shunday tashrif buyurish mumkinki, bu haqdagi ma’lumot hech qaysi makonda va hech qanday shaklda saqlanmaydi. “Инкогнито” rejimi aynan shu qulaylikni ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi.
Google Chrome har safar ishga tushirilganida “Инкогнито” rejimini avtomatik faollashtirish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Vazifalar panelidagi Chrome brauzeri ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz va ochiluvchi kontekstli menyudan “Google Chrome” bandi ustiga boramiz.
2️⃣. Ushbu band ustiga yana sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, bu safar menyudan “Свойства” bandini tanlaymiz.
3️⃣. Qarshimizda brauzer xususiyati oynasi yuzaga keladi. Ushbu oynaning “Ярлык” varaqa (вкладка)sining “Объект” bandi qarshisida ishga tushiriluvchi fayl joylashgan manzilni ko‘ramiz:
"C:\Program Files (x86)\Google\Chrome\Application\chrome.exe".Yopiluvchi qo‘shtirnoq ortidan darhol
–incognito kalit so‘zini kiritamiz, shunda yozuv quyidagi ko‘rinishga keladi: "C:\Program Files (x86)\Google\Chrome\Application\chrome.exe" -incognito 4️⃣. Endi “Применить” va “OK” tugmalarini bosgan holda kiritgan o‘zgartirishimizni saqlaymiz, tayyor!
📝 Manba: @trojan_anonym
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija