TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7665 3.36K
#smartfon #android #internet

🤖📥 Android ilovasi uchun o‘rnatiluvchi .APK faylini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Google Play Market'dan yoki qurilma xotirasidan yuklab olish

Agar sizda .APK faylini yuklab olish zarurati yuzaga kelsa, masalan, uni emulyatorga o‘rnatish uchun ilovaning o‘rnatiluvchi faylini shubhali saytlardan izlab o‘tirishning hojati yo‘q.

Buni Google Play'ning o‘zi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Установить” tugmasini chetlab o‘tgan holda yuklab olish, yoki smartfonning ichki xotirasida o‘rnatilgan ilovalar orasidan ushbu faylni ajratib olish mumkin.

1️⃣. Birinchi holatda APK Downloader xizmati yordamga keladi. Undan foydalanish uchun esa shunchaki ilovaning Google Play'dagi havolasini nusxalab olib, xizmatdagi tegishli maydonga joylashtirishingiz kerak bo‘ladi.

2️⃣. Ikkinchi holatda esa — Apk Extractor ilovasi qo‘llaniladi. Ushbu vosita qurilmadan foydalanishning administrator huquqlarini talab etmaydi. Foydalanish uchun esa shunchaki ilovani ishga tushirish va o‘rnatilgan ilovalar orasidan keraklisini ustiga bosish talab etiladi.

📂 Ajratib olingan .APK faylini qurilmaning ichki xotirasidagi ilovaga mos tarzda maxsus nomlangan papkadan topishingiz mumkin.

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 5
  • 🔥 5
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →