TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7664 65.2K
#excel

↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)

Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi.

Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz:

1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring.

2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting.

3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi: ALT + F11

4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) → F5 → Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz → O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi → Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor!

📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish.

Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞.

📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉).

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 5
  • 🤩 2
  • 👏 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →