TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7645 3.11K
#internet

📂 Google Chrome'da ochilib turgan varaqa (вкладка)larni bir guruhga qo‘shish

Aksariyatimizda kompyuterimizdagi Chrome brauzerida ko‘pincha bir vaqtning o‘zida o‘nlab varaqa (вкладка)lar ochilib turadi. Ushbu holatni tartibga solish maqsadida brauzerga oid turli kengaytmalarni o‘rnatamiz yoki hattoki boshqa brauzerlarga o‘tamiz.

Biroq ushbu vaziyatda aslini olganda qo‘shimcha vositalarni izlash, yuklab olish hamda o‘rnatish uchun vaqt sarflashga hojat yo‘q. Kuzatishni qulaylashtirish, varaqalarni saralash va brauzerdagi ochilib turgan sahifalar o‘rnini ixchamlashtirish maqsadida – ularni belgilash va alohida guruhga qo‘shish mumkin.

Guruhni yaratish va unga varaqani qo‘shish uchun varaqa ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va ochiluvchi kontekstli menyudan “Добавить вкладку в группу” → “Новая группа” bandlari bo‘ylab o‘tish lozim. Ushbu menyuda guruhni nomlash, u uchun rang tanlash va zaruratga ko‘ra boshqa varaqalarni qo‘shish mumkin.

Varaqani allaqachon mavjud guruhga qo‘shish uchun ushbu guruhni yoyish va kerakli varaqani unga olib o‘tkazish lozim. Guruh ichidagi varaqalarni istalgan tartibda joylashtirish, guruhning o‘zini esa vaqtincha yig‘ib turish yoki boshqa oynaga olib o‘tkazish mumkin (varaqalar guruhi o‘z tartibini saqlagan holda, tarkibi bilan to‘liq ko‘chiriladi).

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 7
  • ❤ 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →