TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7642 3.55K
#internet

🎞⏳ YouTube'da qancha vaqt sarflashingizni qanday bilish mumkin?

YouTube'ning mobil ilovasi foydalanuvchilari uchun ilovani qo‘llashdagi faollikni nazorat qilish funksiyasi mavjudligi haqida ko‘pchilikning xabari bo‘lmasligi mumkin. Xizmat foydalanuvchilarga video tomosha qilish uchun sarflagan vaqtlari haqida to‘liq hisobot taqdim etadi.

Ilovada sarflangan ekran vaqtini kuzatish uchun YouTube ilovasini oching, yuqori chap burchakda aylanali akkaunt belgisi ustiga bosing va undagi “Время просмотра” bandini tanlang. Tomosha qilishga sarflagan vaqtingiz jadvali keltirilgan sahifaga o‘tasiz.

Hisobotdan siz YouTube'da har kuni o‘rtacha qancha vaqt sarflashingizni, joriy kun, oldingi kun va so‘nggi haftada qancha muddat video tomosha qilganingizni ko‘rishingiz mumkin.

Ushbu menyuning o‘zida siz tomosha qilishga ketadigan vaqtni boshqarishingiz mumkin. Dam olish haqidagi eslatmalarni faollashtirishingiz, uyqu vaqti bildirishnomalarini sozlashingiz va keyingi videoni avtomatik ijro etish funksiyasini oʻchirib qoʻyishingiz mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
•
YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 14
  • 👎 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →