⏳ Windows'da dasturlarning ishga tushirilish tarixini olish
Agarda sizga kompyuteringizda dasturlarning ishga tushirish vaqti va umuman olganda faktini kuzatish qiziq bo‘lsa, buni Windows 10/11'ning standart vositalari yordamida amalga oshirish mumkin.
Dastlab
WIN + R klavishlari birikmasi yordamida Выполнить oynasini ekranga chaqirib, unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritgan holda ENTER klavishini bosing, bu Редактор локальной групповой политики (Lokal guruh siyosati muharriri) oynasini ochish uchun xizmat qiladi.Ochilgan oynaning chap tomondagi panelida Конфигурация компьютера — Конфигурация Windows — Параметры безопасности — Локальные политики — Политика аудита bandlari bo‘ylab ketma-ketlikda o‘ting va Аудит отслеживания процессов parametri ustiga ikki marta bosish orqali ishga tushirib, undagi Успех bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating va OK tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni tasdiqlang.
Endi tizimning Просмотр событий vositasida (yuqorida keltirib o‘tilgan Выполнить oynasida
eventvwr.msc buyrug‘ini bajarish orqali) Журналы Windows — Безопасность bandlari bo‘ylab o‘ting.Har qanday dastur (jarayon) ishga tushirilganida ushbu hodisalar jurnalida 4688 kodi bilan hodisa paydo bo‘ladi. U foydalanuvchi nomi va ishga tushirilgan jarayonni o‘z ichiga oladi.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija