TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7612 3.22K
#operatsion_tizim #hardware #maslahat

🖱⌨️ Windows'da sichqoncha kursorini klaviatura yordamida boshqarish

Ba’zida sichqoncha yordamisiz kompyuterni boshqarishga to‘g‘ri kelib qoladi. Windows'da bunday vaziyatlarda kursorni klaviatura yordamida boshqarish imkoniyati mavjud. Bu sizda sichqoncha buzilib qolgan holatda yoki grafik muharrirlar bilan ishlashda kursor boshqaruvining aniqligi zarur bo‘lganida foydali bo‘lishi mumkin.

Kursorni klaviatura orqali boshqarishni faollashtirish uchun ketma-ketlikda ushbu klavishlar birikmasini bosing: chapki ALT + chapki SHIFT + Num Lock. So‘ngra maxsus signal bilan ochiluvchi oynachada “Да” tugmasini bosing.

Vazifalar panelining o‘ng chetida (soat yonida)gi tizim treyida sichqoncha ko‘rinishidagi mos belgi paydo bo‘ladi. Ko‘rsatkich (kursor)ni klaviaturadan boshqarish rejimidan chiqish uchun ham xuddi shu kombinatsiyaga murojaat etiladi, maxsus signal bu safar rejimning o‘chirilganidan darak beradi.

Kursorni klaviatura orqali boshqarishda ishtirok etuvchi klavishlar:

①‖ Num Lock – ushbu klavishning bosilishi kursorni boshqarish rejimini faollashtiradi/bekor qiladi;
②‖ 1-9 (0 va 5'lardan tashqari) – kursorning ekran bo‘ylab siljishi uchun javob beradi;
③‖ SHIFT/CTRL – kursorning siljish paytidagi harakatlanish tezligini oshiradi yoki kamaytiradi;
④‖ 5 – SChT bosilishini takrorlaydi;
⑤‖ + – 5 klavishining ikki martalik bosilishini ta’minlaydi;
⑥‖ / – SChT rejimiga o‘tish;
⑦‖ - – SO‘T rejimiga o‘tish;
⑧‖ 0 – sichqoncha tugmasi bosilib turishini ta’minlaydi;
⑨‖ . – sichqoncha tugmasi bosilib turishini to‘xtatadi.

📌 P.S.: Qo‘llanilgan qishqartmalarga izoh:
SChT – Sichqonchaning chap tugmasi; SO‘T – Sichqonchaning o‘ng tugmasi.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 14
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →