TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7610 13.8K
#word

📄 Word'ning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan 5 sirli xususiyati

Ma’lum bo‘lishicha, barchaga yaxshi tanish bo‘lgan Word matn muharririda juda ko‘p foydali kichik xususiyatlar yashiringan bo‘lib, ular bir jihatdan hayotni sezilarli darajada soddalashtirsa, ikkinchi tomondan esa eng keng tarqalgan muammolar va foydalanuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ba’zi xatolarning oldini oladi.

Ushbu postimizda biz ular orasidan eng qiziqarli 5 tasini keltirishga qaror qildik:

1️⃣. Sana va vaqtni joylashtirish

Bugungi sana va vaqtni tezkor ravishda oddiy klavishlar birikmasi yordamida joylashtirish mumkin, boz ustiga ushbu hujjat saqlangan holda har kuni ochib foydalanilsa, sana/vaqt ham mos ravishda yangilanib boradi.

Ushbu vaziyatda hujjatga sanani kiritish uchun SHIFT + ALT + D (day), vaqtni kiritish uchun esa SHIFT + ALT + T (time) birikmasi bosiladi.

2️⃣. Satr osti va satr usti ko‘rinishida matn kiritish

Ko‘pchiligimiz hujjatda formulalarga ro‘baro‘ bo‘lganda satr osti va satr usti simvollarini kiritishni qulaylashtirish borasida bosh qotirganimiz aniq.

Buni amalga oshirish juda oson! Satr usti simvollari uchun SHIFT + CTRL + =, satr osti simvollarini kiritish uchun esa CTRL + = klavishlari birikmasini bosish kifoya.

Ushbu birikmalarni qayta bosish evaziga oddiy matn kiritish rejimiga qaytiladi.

3️⃣. Sonlarni so‘z ko‘rinishda keltirish

Agarda hujjatda qo‘shimcha tarzda so‘z ko‘rinishida keltirilishi lozim bo‘lgan sonlar ko‘p bo‘lsa (hisob-kitob va shartnomaviy hujjatlar), ushbu ishni ancha qulaylashtirish mumkin.

Buning uchun CTRL + F9'ni bosamiz, figurali qavslar ichiga sonni ushbu formatda kiritamiz: =4589\*cardtext. F9'ni bosamiz va tenglik belgisidan keyin turgan son hujjatda so‘z ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

4️⃣. Harf katta-kichikligi (registri)ni tezkor almashtirish

Agarda ehtiyotsizlik bilan matnning aksariyat qismini “Caps Lock” faollashgan holatda kiritganingizga guvoh bo‘lsangiz, bundan fojia yasab matnni o‘chirishga shoshilmang.

Shunchaki hujjatda o‘zingizga kerakli matn fragmentini belgilash va SHIFT + F3 birikmasini bosish orqali harf registrini katta harfdan kichik harf ko‘rinishiga o‘tkazing (va aksincha).

5️⃣. Ro‘yxat elementlari o‘rnini oson almashtirish

Siz ham ro‘yxat elementlari tartibini o‘zgartirishda matnni belgilab, kesib olib, so‘ngra kerakli satrga joylashtirasizmi? Unda ushbu tavsiyamiz aynan Siz uchun!

Yuqorida keltirilgan an’anaviy harakatning o‘rniga satr tarkibini belgilang va SHIFT + ALT + ↑/↓ klavishlarini bosib, ro‘yxat elementlarini mos tarzda yuqoriga/pastga qaratib siljiting.

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
• Word'da bir necha soniyada mundarija yaratish
• Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
• MS Word’da o‘zbek tilining lotin yoki kirill alifbosida matn kiritilganida yuzaga keladigan “orfografik xato” hoshiyasidan halos bo‘lish
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 17
  • 🔥 2
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →