TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7590 3.3K
#excel

✔️ Alohida son yoki formulalar guruhini belgilash

Aytaylik, sizda formulalar orqali hosil qilingan hisob-kitobli ustun mavjud bo‘lib, ular orasidagi ba’zi yacheykalarda sonlar qo‘lda kiritilgan yoki yo‘qligini aniqlamoqchisiz. Bunda har bir yacheyka bo‘ylab o‘tgan holda tekshiruvni qo‘lda amalga oshirish noqulay, boisi ustundagi satrlar soni juda ko‘p bo‘lishi mumkin.

Bunday vaziyatda ma’lumotlarning yacheykalarga aynan qanday kiritilganligini tezkor tarzda aniqlash uchun kuzatuvingiz ostidagi yacheykalar diapazonini butunlay belgilang, dasturdagi menyu satrining Главная → Найти и выделить (panelning eng chetida joylashgan) bandlari bo‘ylab o‘ting va undagi Выделить группу ячеек... vositasidan foydalaning.

✅ Ushbu vositani shuningdek F5 klavishini bosib, Перейти oynasini chaqirgan holda, undagi Выделить... tugmasini bosish orqali ham ekranga chaqirish mumkin.

Yuzaga kelgan Выделить группу ячеек oynasida qo‘lda kiritilgan sonlarni aniqlash uchun Константы'ni, formulali yacheykalarni aniqlash uchun esa uning ostidagi Формулы bandini tanlaysiz.

Oynagi so‘rovingizga ko‘ra, mos tarzda yacheykalar guruhi tezkor belgilanadi, shundan so‘ng belgilangan yacheykalarga nisbatan zaruriy harakatlarni amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 9
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →