#smartfon #android #ict_news
⌨️📱 Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasidan “Tahrirchi” mobil ilovasi
Toshkent shahridagi Inha universiteti Matbuot xizmatining xabar berishicha, universitet talabasi Muhammadsaid Mamasaidov Android telefonlari uchun imlo xatolarisiz yozishga mo‘ljallangan yangi “Tahrirchi” nomli klaviatura ilovasi asoschisiga aylandi.
Dasturning negizi, morfologik tahlilchi o‘zbek tilini tabiiy qayta ishlash sohasining boshlang‘ich asoslaridan hisoblanadi. “Tahrirchi” noto‘g‘ri so‘zlarni adabiy tilga moslab to‘g‘rilash, yakunlanmay qolib ketgan so‘zlarni oxirigacha yetkazib qo‘yish va keyingi so‘zni oldindan aytib berish masalalarida sizga hamroh bo‘ladi. Bundan tashqari, u berilgan matnni kirill yoki lotin yozuviga ham o‘giradi.
🎞 Batafsil ma’lumotni post yuqorisidagi va ushbu videodan olishingiz mumkin.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
• Talabalar uchun foydali mavzular jamlangan postimiz.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #7585
3.15K