TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7555 7.08K
#smartfon #hardware #mulohaza_uchun #maslahat

🔋🔌 Smartfoningizni quvvatlashdagi bu odatlaringizni darhol to‘xtating

Smartfonlar allaqachon hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi. Lekin ularning quvvati abadiy emas. Bugungi kunda telefon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z mahsulotlari batareya sig‘imini qancha ko‘paytirmasin, baribir, deyarli har kuni smartfonlarimizni hech bo‘lmaganda bir marta quvvatlaymiz. Biroq, qurilmalarimizni to‘g‘ri zaryadlayapmizmi? Quyida smartfonlarni quvvatlashda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan ikkita xatolikka to‘xtalib o‘tamiz.

1️⃣. Noto‘g‘ri adapterdan foydalanish

Bugungi mobil telefon ishlab chiqaruvchilarining ko‘pchiligi zaryadlash tezligini yaxshilash uchun “tez zaryadlash” deb ataladigan usuldan foydalanadilar va hozirda flagman smartfonlarning zaryadlash tezligi 100 vattdan oshadi. Yuqori tezlikdagi quvvatlanish ostida kuchlanish nisbati tabiiy ravishda ortadi. Bu haroratning tez ko‘tarilishiga olib keladi va bu mobil telefonlarning yong‘inga moyil bo‘lishining sabablaridan biridir. Ko‘p ishlab chiqaruvchilar qurilma quvvatlangani sari uning zaryadlanishini asta-sekin kamaytirib boradigan himoya strategiyasini tanlagan bo‘lsa-da, zaryadlashning dastlabki bosqichida yuqori quvvatdagi tezlikdan qochib bo‘lmaydi va bunda qurilmaning harorati ko‘tarilishini cheklash juda qiyin.

Mumkin bo‘lgan yong‘in hodisalarining oldini olish uchun mobil telefonni zaryad qilishda faqat rasmiy zaryadlovchi adapterlardan foydalanish taklif etiladi. Boshqa zaryadlovchilardan foydalanganda ham, zaryadlash protokoliga mos keladigan adapterni tanlash lozim. Turli markadagi mobil telefonlar va hatto bir xil brend ostidagi mobil telefonlarning turli seriyalari ham har xil zaryadlash protokollaridan foydalanishi mumkin. Noto‘g‘ri zaryadlovchi adapterdan foydalanish nafaqat batareyani zaryad qila olmasligi, balki telefon batareyasining yomonlashishiga olib keladi.

Hozirda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar quvvatlovchi adapterlar uchun mobil telefon to‘liq zaryadlangandan keyin quvvatni aqlli ravishda uzib qo‘yish xususiyatini joriy qilishgan. Shuning uchun ham to‘g‘ri zaryadlovchini tanlash juda muhimdir.

2️⃣. Telefon zaryad olayotganda foydalanish

Mobil telefonlarni zaryad olayotganda ishlatish, o‘ynash – eng ko‘p tarqalgan yomon odatlardan biridir. Yuqorida smartfon quvvatlanishni boshlanganida u tez zaryadlanishi sabab qizishi haqida aytildi. Shuningdek, o‘yin o‘ynayotganda ham telefon yuqori darajada ishlaydi va bu uning haroratini tez oshishiga olib keladi. Shunday qilib, smartfonni quvvatlanayotgan vaqtda o‘ynash uning ikki karra qizishiga va garchi sodir bo‘lish ehtimoli juda kichik bo‘lsa-da, bu uning yonib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Darhaqiqat, ba’zilar telefon zaryad olayotgan paytda qo‘ng‘iroq qilish yoki qo‘ng‘iroqqa javob berishga ham odatlanishgan. Smartfon zaryad olayotganda telefonga javob berish ham qurilma haroratini oshiradi va shuning uchun mobil qurilmani quvvatlashga qo‘yishdan oldin uning samolyot rejimini yoqib qo‘ygan ma’quldir.

Bundan tashqari, mobil qurilmalar zaryad olayotganda ularning nurlanishi bir necha barobarga kuchayadi. Radiatsiya to‘lqinlari inson sog‘ligi uchun zararli, albatta va bu zaryad olayotganda telefonlarimizni yolg‘iz qoldirishimiz kerakligining yana bir sababidir.

☝🏻Xulosa shuki, biz o‘zimizga qulay joyda uyqu orqali quvvat olayotganimizda boshqalar bizni bezovta qilishini xohlamaganimizdek, smartfonlar ham zaryad olayotgan vaqtda holi qoldirilishi lozim.

📝 Muhammad Yusuf @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 11
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →