📺 Windows'da fayllarni tezkor oldindan ko‘rish
macOS operatsion tizimida faylni ochmasdan turib tarkibini oldindan ko‘rish uchun qulay Quick Look funksiyasi mavjud. Afsuski, Windows uchun qoida bo‘yicha bunday funksiya mavjud emas.
Bepul QuickLook yordamchi dasturi ushbu muammoning yechimidir. Ushbu dastur macOS'dagi kabi funksiyani Windows'ga qo‘shadi. U orqali deyarli har qanday fayllarni
PROBEL klavishini bosgan holda oldindan ko‘rish mumkin.Dastur yordamida siz rasmlar, hujjatlar, matnli fayllar, videolar, musiqalar va arxivlar tarkibini, ularni to‘liq ochish zaruratisiz tezkor ravishda ko‘rib chiqish mumkin. Agar oldindan ko‘rish panelida
ENTER bosilsa, fayl o‘z dasturida ochiladi.📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija