TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7469 4.26K
#operatsion_tizim #internet

🚀 Windows 10'da Internet tezligini oshiramiz

Kimgadir ayon, kimdir esa balki bilmas, ammo Windows 10 Siz foydalanayotgan Internetdagi o‘tkazuvchanlik qobiliyatining 20%'ini turli yangilanishlarni yuklab olish, statistikalarni yuborish va boshqa shu kabi xizmatlar uchun rezervlaydi (ya’ni zaxirada ushlab turadi).

Biz ushbu cheklovni o‘chirib qo‘yishimiz mumkin. Buning uchun WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqirib, unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritgan holda ENTER klavishini bosing, bu Редактор локальной групповой политики (Lokal guruh siyosati muharriri) oynasini ochish uchun xizmat qiladi.

Ochilgan oynaning chap tomondagi panelida Конфигурация компьютера — Административные шаблоны — Сеть — Планировщик пакетов QoS bandlari bo‘ylab ketma-ketlikda o‘ting va Ограничить резервируемую пропускную способность parametri ustiga ikki marta bosish orqali uni ekranga chaqiring.

Parametrni Включено holatiga o‘tkazgan holda faollashtiring va pastroqdagi Ограничение пропускной способности (%) bandining qiymati sifatida 0'ni ko‘rsating. Kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlang va kompyuteringizni qayta yuklang.

⚠️ gpedit.msc buyrug‘i orqali chaqiriluvchi Редактор локальной групповой политики vositasi Windows'ning Домашняя (Home) versiyasi tarkibiga kiritilmagan.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 7
  • 🔥 4
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →