#smartfon #android
🛠 Qurilmani root-huquqlari bilan boshqarish imkonini taqdim etuvchi besh ilova
Android qurilmasining deyarli har bir tajribali egasi superfoydalanuvchi huquqlari haqida eshitgan, ammo ularning ko‘pchiligi buni to‘laqonli o‘rnatish haqidagi qarorga kela olmaydi, chunki ular qo‘shimcha funksiyalar qayerda kerak bo‘lishi mumkinligini yaxshi tushunishmaydi.
Superfoydalanuvchi huquqlarini o‘rnatishga qaror qilmaganlarga o‘ylab ko‘rishlari uchun ozuqa berish va qurilma bilan ishlashning yangi usullarini izlayotganlarga yordam berishni maqsad qilgan holda mos ilovalar ro‘yxatini ulashishga qaror qildik:
1️⃣. Magisk — buzib kirish orqali foydalanilayotgan tizimlarning ishlashini taqiqlovchi ilovalardan root-huquqlarini berkitadi, shuningdek xavfsiz modifikatsiyalarni o‘rnatishga imkon beradi.
2️⃣. Greenify — ekranning bloklangan vaqtida tizim jarayonlarini vaqtinchalik o‘chirib turib, qurilmaning avtonom ishlash vaqtini uzaytiradi.
3️⃣. AdAway — tizim, ilovalar va brauzerlarda reklama va yopilmaydigan bannerlarni butunlay bloklaydi.
4️⃣. Link2SD — o‘rnatilgan ilovalarni tashqi xotiraga to‘liq ko‘chirib o‘tkazishga yordam beradi va qurilmaga ilova hali ham ichki xotirada deb o‘ylashga majbur qiladi.
5️⃣. Root Browser — bu tizim ilovalarini qo‘lda o‘chirish imkonini beruvchi, ildiz papkalariga to‘liq kirish huquqiga ega fayl menejeri.
📝 Manba: @exploitex
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Android uchun root-huquqlari qanday olinadi?
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #7438
3.64K