TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7434 6.21K
#operatsion_tizim

🪄 Ixtiyoriy hajmdagi fayl yaratish

Ba’zida foydalanuvchilarda, masalan, fayllarni diskdan o‘qilishi, unga yozilishi tezligini yoki faylning serverga yuklanish tezligini sinash zarurati yuzaga kelishi mumkin.

Ushbu maqsadlar uchun qo‘l ostidagi mavjud katta fayllardan foydalaniladi. Biroq bu har doim ham qulay emas, boz ustiga bunday fayllar ayni damda shunchaki mavjud bo‘lmasligi ham mumkin.

Muayyan o‘lchamdagi bo‘sh faylni yaratish uchun bizga operatsion tizim bilan birga keluvchi fsutil yordamchi dasturi ko‘maklashishi mumkin. Ushbu dasturni qo‘llash uchun Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushiring (WIN + R → cmd → ENTER) va unga fsutil file createnew Fayl_joylashihi_lozim_bo‘lgan_manzil O‘lchami buyrug‘ini bajarish uchun yuboring.

Masalan, fsutil file createnew F:\File.txt 10000000, bunda fayl o‘lchami baytlarda ko‘rsatiladi. Ushbu buyruq natijasida F: diski tarkibida 10000000 bayt (qariyb 10 Mb) hajmdagi fayl yaratiladi!

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
•
Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 12
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →