TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7332 3.95K
#excel

🧾 Excel hujjati foniga suvli belgi (водяной знак)ni qo‘shish

Excel'da hujjatga suvli belgi, ya’ni orqa fonga rasm qo‘shish uchun maxsus uskuna ko‘zda tutilmagan, ammo buni kolontitullar yordamida amalga oshirish mumkin:

— 1-qadam
Dastur yuqorisida joylashgan menyu satrida Вид → Разметка страницы bandlari bo‘ylab o‘ting va yuqori kolontitulning o‘rta qismiga bosing.

— 2-qadam
Menyu satrining o‘ng tomonida yuzaga kelgan Конструктор → Элементы колонтитулов → Рисунок bandlari bo‘ylab o‘ting.

— 3-qadam
Ochilgan oynaning yuqorisidan birinchi – Из файла bandi orqali kompyuteringizda joylashgan kerakli rasmni tanlang va u sahifada ko‘rinish berishi uchun listdagi istalgan yacheyka ustiga bosing, tayyor!

📌 P.S.: Rasmni sahifaga moslashtirib, rangini ochartirgan holatda oldindan tayyorlab olgan ma’qul.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Excel'dagi listga fon qanday qo‘shiladi?
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 10
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →