⌨️🖱 Klaviaturadan sichqoncha sifatida foydalanamiz
Agar u yoki bu sababga ko‘ra sichqonchangiz ishlamay qolsa, Windows 10, 8 va 7'larda sichqoncha ko‘rsatkichini klaviatura yordamida boshqarish imkoniyati taqdim etilgan, bunda qandaydir qo‘shimcha dasturlarga yuzlanish shart emas, kerakli opsiyalar tizimning o‘zida keltirilgan.
Ushbu opsiya
LEFT ALT + LEFT SHIFT + NUM LOCK klavishlari birikmasi orqali faollashtiriladi (faolsizlantirish ham shu tarzda bajariladi). Yuzaga keluvchi oynada opsiyani faollashtirish lozimligini tasdiqlaymiz (uning qo‘shimcha sozlamalariga oyna ostidagi ko‘k yozuv ustiga bosish orqali o‘tiladi).Kursorni boshqarish klaviaturaning o‘ng qismida joylashgan raqamlar orqali amalga oshiriladi. Sichqonchaning chap tugmasi vazifasini bunda sonlar guruhidagi “
5” klavishi bajaradi. Sichqonchaning o‘ng klavishi vazifasini har doim RIGHT CTRL klavishining chap yonidagi kontekstli menyuni chaqiruvchi klavisha bajaradi.Ushbu opsiyaning qo‘shimcha sozlamalarida kursorni harakatlantirish tezligini sozlash, shuningdek uning harakatini tezlashtirish va sekinlashtirish uchun mos tarzda
CTRL va SHIFT'ni bosib turilishi imkoniyatini faollashtirish mumkin.📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija