TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7320 3.72K
#rasm_bilan_ishlash #internet

🤓 Mem yoki gifkani ikki soniyada yaratamiz

Ko‘pchiligimiz hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa ham biror memni o‘z vaziyatimizga moslab o‘zgartirmoqchi bo‘lganmiz, biroq muharrir dasturiga kirib, rasm ustida juda ko‘p vaqt sarflash bunda bizga to‘sqinlik qilgan. Bu uchun ajoyib xizmat mavjud bo‘lib, unda memni tezkor tarzda yaratish mumkin.

Imgflip — ko‘plab opsiyalarni o‘z ichiga oluvchi onlayn muharrir, unda nafaqat memlar, balki GIF'lar, diagramma va demotivatorlar (qora ramkali memlar)ni ham yaratish mumkin. Matn joylashuvi, shrifti, rangini o‘zgartirish, effektlar qo‘llash, stikerlar yopishtirish, bo‘yash mumkin.

Agar ro‘yxatdan o‘tsangiz, memlarni o‘z profilingizda saqlash mumkin bo‘ladi. Xizmat faqat ingliz tilida taqdim etilgan bo‘lsa-da, undan foydalanish tartibini intuitiv tarzda anglash sizga qiyinchilik tug‘dirmaydi.

📝 Manba: @lTchef

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Meme Generator Pro mobil ilovasi
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 8
  • 👏 4
  • 😁 2
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →